Eng Sara Rasmlar

Parvoz.Com - Biz bilan parvoz qil !!!
Доброе утро, Гость ,!
Shahsiy Profilingiz
Tadbirkorlar Qanday Fikrlashadi?
Tadbirkorlar qanday fikr yuritadilar Ko’pchikik odamlar pullarini o’z manfaatlari yo’lida sarflaydilar. Masalan, ovqatlanishga, o’yin-kulguga va xokazo. Tadbirkorlar esa pullarini yanayam ko’proq pul ishlab topish uchun sarflaydilar. Ularning farqi ana shunda. Aynan shuning uchun ham boylar yanayam boyishadi, kambag’allar esa kambag’alligicha qolaveradilar. Xo’sh, tadbikorlarning qaysi xususiyatlari ularni boshqa odamlardan ajratib turadi? Oddiy lotereya yutug’i sohiblarini ko’rib chiqaylik. Ularning ko’pchiligi bu tasodifiy millionlarini bir necha yil ichida tugatib bo’lishadi, chunki ular pullarini o’z nafslari yo’lida ishlatishni ko’zlaganlar. Inson uy sotib olishni xohlasa, puliga qarab oladi, ko’proq puli bo’lsa, kattasini olishni xohlaydi. Oylik maoshi ko’tarilsa, mashina sotib oladi. Puli yetmasa, qarz ko’taradi. Tadbirkorlar uchun bu aqlsizlik hisoblanadi. Pul bu daromad manbaidir. Misol uchun Uorren Baffet o’z do’sti bilan birga ikkinchi kursdaligida eski ishlatilgan o’yin avtomatini sotib oladi va daromadini bir necha marotabaga ko’paytirib oladi. Oddiy o’spirinlar bunday ish qila olmaydilar. Shundan hulosa chiqarib olavering. Haqiqy tadbirkorlarning bir nechta qonunlari mavjud: 1. O’zini moddiy tarafdan tiya bilish. Endi ish boshlayotgan tadbirkor o’z xaqqini foydali ko’paytirish uchun biror ishga tikadi. Hech nimaga erisha olmaydigan tadbirkorlarni ajratish oson - u isrofgarchilikka yo’l qo’yadi. Xaqiqiy ishbilarmon esa, ancha-muncha boylik to’plab qo’ysa ham, pulini tejab sarflaydi. Uning chiqimi ko’p bo’lishi mumkin, biroq daromaddan ancha kam. 2. Malakaning oshishi samaradorlikni kuchaytiradi. Tadbirkor o’z bilimlarini sarmoya sifatida qabul qilishi kerak. Uning sarf qilgan vaqti ham foyda keltirishi kerak. Tadbirkorlar odatda tug’ma qobiliyatli va qat’iyatlidirlar. Ular o’z ustilarida qattiq ishlab, boy-badavlat odamlarga aylanishadi. 3. Aktivlar ham ishlashi kerak. Yakka tarzda ishlash - ming urinsangiz ham, boylkka olib kelmaydi. Buni ishbilarmonlar yaxshi bilishadi, shuning ushun korxonalar tashkil qilib, ularga rahbar bo’lishni afzal bilishadi. Ana shunda ularning xizmati qo’l ostidagilarning mehnati bilan birga qo’shilib, yaxshigina natija beradi. Bill Geyts qanchalik yaxshi dasturchi bo’lmasin, faqatgina o’zining kuchi bilan 50 mlrd. dollarga erisha olmasdi. Shuning uchun ham, tadbirkorlar korxonadagi ulushlari uchun bor kuchlari bilan kurashadilar..4. Vaqtni diqqat va aql bilan boshqarish kerak. Vaqt va e’tibor cheklangan imkoniyatdir. Bularni behudaga sarflab yuborish juda oson. Aqlli tadbirkorlar buni yaxshi tushunib yetishadi, ular juda tartiblidirlar, samarasizlikni yoqtirishmaydi, butun diqqat-e’tiborlarini o’z ishlariga qaratadilar. Ko’pgina taniqli tadbirkorlar doimo bitta kiyimda yuradilar (Sukerberg, Djobs). Ular vaqtlarini qadrlab, uni kiyim tanlash uchun sarflashga tayyor emasliklarini ta’kidlashadi. 5. Ijobiy realizm. Boy bo’lish uchun umid qilish kerak. Ishonchni to’g’ri baholay olish kerak. Hayotning ba’zi tomonlari yoqimsiz, murakkab va chigal bo’lishi mumkin. Uning boshqa tomonlarini ko’ra bilish qiyin. Xaqiqat noaniq bo’lsa, uni yaxshilikka yo’yish kerak va ijobiy ranglarda tasavvur qilish kerak. Umidsizlik ishbilarmonlarga xos emas.

Maqola Yozish


Bosh sahifaga
Hozir saytda 1