Eng Sara Rasmlar

Parvoz.Com - Biz bilan parvoz qil !!!
Доброй ночи, Гость ,!
Shahsiy Profilingiz
Moshenik Saytlar
Moshennik odam sayti doimo Sizga yolg’on ma’lumotlar berib aldaydi va nimadir sotishga urinadi. Masalan, Sizga ochiqchasiga “Super jang qilish sirlari” nomli videodarslikni, atigi 350 rublga sotishlari mumkin. U darslikni ko’rgach, Siz bemalol Artur Taymazovni yer tishlatishingiz yoki olimpiya chempioni Hasanboy Do’stmatov bilan 3 raund jang qilishingiz, agar u charchab qolsa yana boshqa chempionlarni jangga chaqirishingiz mumkin. Yashirin reklama esa “oson pul ishlash” ko’rinishda bo’lib, Sizga kazinoni aldab yutish metodini sotib, millionlar ishlashni va’da qilishadi, aslida esa Sizga usha metodni sotib chuv tushirish – bu ularning maqsadlari. O’zingiz o’ylang, kimdir kazino aldab yutib kuniga $500-1000 ishlayotgan bo’lsa, bu usulni Sizga o’rgatib, atigi $50-60 pulingizni olib unga nima foyda? Bunday firibgarlar Sizga totalizatorlarda (bukmeker, sprotga pul tikish) oson pul yutishni, o’yinlar (futbol, tennis, hokkey va boshqa) natijasini oldindan bashorat qilishini aytib, aldab pul ishlamoqchi ham bo’lishadi. Yana o’sha savol: Nega firibgar o’zi yahshi pul topayotgan usulini boshqa odam bilan baham ko’rishi kerak? Unga bundan nima foyda? To’g’ri! Sizni chuv tushirib, aldab pulingizni olish. Oson pul topish metodi esa umuman yo’q va bo’lmagan ham!
moshennik-qarmogiga-ilinib-qolmang-qolmangAfsuski, so’ngi paytlarda bir narsaga guvoh bo’lmoqdamiz, moshenniklar sayti dizayni boshqa ishonchli saytlarnikidan ancha yahshiroq va bu sodda odamlarni e’tiborini tortmoqda! Shuning uchun saytni chiroyli ekaniga uchib qolmang. Bu Siz uchun birinchi o’rinda turmasin.
Brauzerni URL adres yoziladigan maydonida sayt nomi to’g’ri yozilganini doim tekshirib turing. Moshenniklar mashxur saytlarni nomlariga yaqin nomlarni olishadi va Sizni ishonchingizga kirmoqchi bo’lishadi, masalan:
Qiwi to’lov tizimining rasmiy web-sayti: https://qiwi.ru
Moshenniklar yaratgan Qiwi soxta sayti: http://qiwirus.ru
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog’ining rasmiy web-sayti: https://odnoklassniki.ru
Moshenniklar yaratgan Odnoklassniki soxta sayti: http://odnoclassniki.ru
Maxfiy ma’lumotlarni (login, parol, ism-sharif va boshqa) Sizdan so’raydigan barcha ishonchli saytlar havfsizlik protokoli https dan foydalanishadi. Bu protokoldan foydalanilganda, Siz kiritgan login-parol o’rtadagi odam tomonidan o’g’irlab, yomon yo’llarda ishlatishini deyarli iloji yo’q.
Shuning uchun bunday saytlardan foydalanganda, login parolni kiritishdan avval brauzerni tepa qismida, sayt nomi yonida “Qulf” belgisiga e’tibor bering. Yashil qulf- ishonchli. Qizil qulf – ishonchsiz (ustidan chizib qo’yilgan bo’ladi).

Maqola Yozish


Bosh sahifaga
Hozir saytda 1